
Qatarga qarshi o‘yinda jarohat olgan futbolchimiz mashg‘ulot o‘tkazdi
O‘zbekiston terma jamoasi va Saudiyaning "Al-Fayha" klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov mashg‘ulotlarga qaytdi. Futbolchi jamoasining Qatardagi umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.
28 yoshli futbolchi "JCh-2026 saralashi" doirasidagi Qatarga qarshi o‘yinda jarohat olgandi va shifokorlar xulosasiga ko‘ra KXDR terma jamoasiga qarshi bellashuvga ham bormadi.
Ma’lumot uchun, "Al-Fayha" 15 dekabrdan 6 yanvarga qadar yig‘in o‘tkazadi. Jamoa Quvaytning "Al-Salmiya" va Saudiyaning "Al-Vahda" jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi.
Fikrlar