
Qatardagi mundial avvalgilaridan hecham qolishgani yo‘q
Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati muxlislar eng ko‘p tashrif buyurgan mundiallardan biriga aylandi. Barcha o‘yinlarga jami 3,4 milliondan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi.
Eng ko‘p muxlis yig‘ilgan bahslar ichida Argentina terma jamoasining uchta o‘yini mavjud. Meksika, Xorvatiya va Frantsiyaga qarshi uchrashuvlarda janubiy amerikalik tomoshabinlar hamyurtlarini yolg‘izlatib qo‘ymadi.
Muxlislar tashrifi borasida ikkita mundial Qatar-2022ni ortda qoldirishi mumkin. 1994 yilda AQShda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 3 million 568 ming, 2014 yili Braziliyada bo‘lib o‘tgan mundialda esa 3 million 441 ming tomoshabin bahslarni bevosita stadiondan kuzatib borishgan.
Fikrlar