“Qarg‘a”larning qarori hujumchini jumbushga keltirdi

  • 10 avgust, 09:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nyukasl”ning eng kuchli hujumchisi Aleksandr Isaak yozgi transferlar davrida boshqa klubga o‘tishga harakat qilmoqda. Shvetsiyalik forvardga “Liverpul” varianti ma’qul keldi.

Tecno

The Telegraph nashrining yozishicha, “Nyukasl” rahbariyati 25 yoshli futbolchi bo‘yicha yakuniy qarorini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Isaakka bu yoz boshqa jamoaga o‘tishiga ruxsat berilmaydi.

Aleksandr Isaakning o‘zi Angliya chempionlari bilan kelishib bo‘lgan. “Liverpul” mutasaddilari bu o‘yinchini olish maqsadida “qarg‘alar”ga 111 million funt badal puli ham taklif qildi.

Biroq “Nyukasl” Aleksandrni qo‘yib yubormadi va katta summani qabul qilmadi. Isaakning o‘zi esa, mashg‘ulotlarda qatnashmay qo‘ydi.

Ayni paytda Isaak asosiy tarkibdan chetlatilgan. U mavsumning dastlabki rasmiy uchrashuvlarini o‘tkazib yuborishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!