Pul tayyor! Gvardiola yanvarda “Real”ning qimmatbaho yulduzini kutyapti

  • 7 dekabr, 16:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi chempionligi uchun kurashayotgan “Manchester Siti” rahbariyati Xosep Gvardiolaga “Real”dan mashhur futbolchini olib berish uchun katta xarajatga tayyor.

Tecno

Transfer News Live va Fichajes kabi manbalarning ma’lum qilishicha, “shaharliklar” qishki transferlar oynasi ochilganidan keyin “Qirollik klubi”ga Rodrigo Goes uchun 80 million evro taklif qilmoqchi.

Oxirgi mavsumda braziliyalik hujumkor futbolchining Madriddan ketishi haqida juda ko‘p bor turli ma’lumotlar tarqatilmoqda. Jamoaga Kilian Mbappe va Jud Bellingem kelganidan keyin Rodrigo ikkinchi planga o‘tib qolgan.

Yangi bosh murabbiy Xabi Alonso ham Rodrigoga qaraganda, uning raqobatchilariga ko‘proq suyanyapti.

“Manchester Siti” esa, anchadan beri Rodrigoga ko‘z tikib keladi. 24 yoshli futbolchining o‘zi jahon chempionatidan oldin muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida muhitni o‘zgartirishga qarshi emasligi aytilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!