PSJning sobiq futbolchisi "Bordo" bilan shartnoma imzoladi

  • 8 oktabr, 2020, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik vinger Xatem Ben Arfa rasman "Bordo" futbolchisiga aylandi.

Tecno

33 yoshli futbolchi “Bordo” safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. Hozircha tomonlar o‘rtasida imzolangan shartnoma tafsilotlari oshkor etilmayapti.

Ben Arfa 2020 yilning yanvar oyidan buyon "Valyadolid" safida to‘p surib kelayotgan edi. U ispan klubida bor yo‘g‘i 5 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Xatem faoliyati davomida "Lion", "Marsel", "Nyukasl", "Nitstsa" va PSJ klublarida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!