
PSJning 4 etakchisi EChL doirasidagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Ular orasida Messi ham bor!
Evropa Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan bahsda PSJ Germaniyaga safar qiladi. "RB Leyptsig" klubiga qarshi o‘yin uchun bosh murabbiy qaydnomani e’lon qildi.
21 nafar futbolchi o‘rin olgan mazkur ro‘yxatdan jamoa yulduzi Lionel Messi tushirib qoldirildi. Frantsiya chempionati 12-turidan o‘rin olgan bahsda argentinalik futbolchi jarohat olgandi.
Shuningdek, nemis klubiga qarshi bahsni turli sabablarga ko‘ra, Serxio Ramos, Marko Verratti hamda Leandro Paredes ham o‘tkazib yuboradi. Quyida to‘liq qaydnoma bilan tanishing.
Fikrlar