
PSJ yirik hisobda g‘alaba qozondi. Mbappedan xet-trik
Frantsiya kubogi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Vann" - PSJ bahsi yakuniga etdi. Unda parijliklar 4:0 hisobida raqibni taslim etdi.
PSJ safida Mbappe xet-trik qayd etdi. Shuningdek, Kimpenbe ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
Shunday qilib, parijliklar Frantsiya kubogi 1/8 final bosqichiga yo‘l oldi.
Fikrlar