
PSJ Veynaldumni "Roma"ga arzonroqqa sotishi mumkin
"Pari Sen-Jermen" va "Roma" futbolchi Jorjino Veynaldum jarohat olganidan so‘ng kelishuvni qaytadan ko‘rib chiqadi, deb xabar berdi "Calciomercato".
Yozda Rim klubi gollandiyalik futbolchini 10 million evroga sotib olish sharti bilan ijaraga oldi. Shu bilan birga, futbolchining maoshining yarmini PSJ to‘lashi ko‘zda tutilgan.
Biroq mavsum boshida Veynaldum jiddiy jarohat oldi. Qayd etilishicha, parijliklar rimliklarga biroz chegirma qilib berishi ehtimoli bor. Ya’ni, “bo‘rilar” Jorjino Veynaldumni arzonroq narxda sotib olishlari mumkin.
Joriy mavsumda Veynaldum “Roma” safida A seriya doirasidagi bitta o‘yinda qatnashdi. Uning parijliklar klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikrlar