
PSJ vakilining "Bavariya"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi
"Pari Sen-Jermen" hujumchisi Neymar "Bavariya"ga qarshi EChL 1/8 final javob o‘yinida maydonga tushmaydi.
Bu haqda parijliklar bosh murabbiyi Kristof Galte ma’lum qildi.
"Keyingi ikki o‘yinda "Nant" va "Bavariya"ga qarshi Neymar maydonga tusha olmaydi. Taktikamiz o‘zgaradi. Neymarsiz ikkita yarim himoyachi o‘rniga uchta yarim himoyachi va ikkita hujumkor o‘yinchi bilan harakat qilamiz.
Neymarning yo‘qligi ahamiyatsiz voqea deb ayta olmayman. Bu biz uchun juda katta yo‘qotish" - dedi frantsiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi Liga 1 doirasidagi "Lill"ga qarshi (4:3) uchrashuvida jarohat olgan edi.
Fikrlar