
Ular xorijiy yig‘inga bormaydi!
PSJ murabbiylar shtabi xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga boradigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Klub rahbariyati jami 25 nafar futbolchini xorijga jo‘natadi.
Bir necha yulduz o‘yinchilar bu tarkibdan chetda qoldi. Xususan, himoyachi Leven Kyurzava, yarim himoyachilardan Jorjino Veynaldum, Yulian Draksler, Ander Errera va Rafinya Alkantara ro‘yxatga kiritilmadi.
PSJ bu o‘yinchilarni transferga qo‘yishi aytilmoqda. Demak, ular qisqa fursat ichida o‘ziga yangi ish joyi topishi kerak bo‘ladi.
Fikrlar