
PSJ safarda g‘alaba qozondi. Messidan 3 ta assist
Frantsiya chempionati 15-turidan o‘rin olgan "Sent Eten" - PSJ uchrashuvi yakuniga etdi. Unda parijliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, mezbonlar futbolchisi Buanga hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Markinos muvozanatni tikladi. Ikkinchi taymning 78-daqiqasida Di Mariya Parij klubini oldinga olib chiqdi. O‘yin so‘nggida Markinos bosh bilan gol urib, dubl qayt etdi. Ta’kidlash lozim, PSJning barcha gollariga Messi assistentlik qildi.
Shuningdek, o‘yinning 45-daqiqasida "Sent-Eten" futbolchisi Kolodzeychak qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Fikrlar