PSJ "Real" futbolchisini ololmadi

  • 28 aprel, 2021, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ni tark etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Rafael Varanni transfer qilish maqsadida PSJ madridliklarga rasmiy taklif yuborgani haqida ma’lum qilgan edik.

Tecno

Varan o‘z hamyurtlari chorlovini qabul qilmadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 27 yoshli himoyachi o‘z kuchini Angliya chempionatida sinab ko‘rmoqchi. Varan PSJga rad javobini berish orqali o‘ziga jiddiy xaridor bo‘layotgan “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tishga roziligini namoyish qildi.

“Real” himoyachisining transfer summasi 50-70 million o‘rtasida baholanmoqda. Varanning “Qirollik klubi” bilan hamkorligi 2022 yilning yozigacha rasmiylashtirilgan. U amaldagi bitimni uzaytirishdan bosh tortdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!