
PSJ muxlislari uchun noxush xabar!
PSJning braziliyalik hujumchisi Neymar 2020 yil boshqa maydonga tusha olmaydi. Bu haqda parijliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Neymar 2021 yil dastlabki haftalariga jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ladi. Shu sababli, u Frantsiya chempionati doirasidagi "Lill" va "Strasbur"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Liga 1 14-turidan o‘rin olgan "Lion"ga qarshi uchrashuvda raqib futbolchisi Tiago Mendes Neymarga nisbatan qo‘pollik qilgani uchun maydondan chetlatilgandi. Neymar esa ko‘zida yosh bilan maydonni shifokorlar yordamida tark etgan edi.
Fikrlar