PSJ: Messi va Neymarning o‘zi yo‘q, o‘rni bor
Lionel Messi va Neymar kabi jahon darajasidagi yulduzlarning PSJdan ketgani klub moliyaviy tizimiga jiddiy zarar keltirmoqda, deb yozdi Get French Football News nashri jurnalistlari.
Ma’lumotlarga qaraganda, bir necha yirik homiylar Parij klubi bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilgani aytilmoqda. Bundan tashqari, Messi va Neymarning ketishi ortidan klubning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni keskin kamayishda davom etyapti.
Ma’lumki, Lionel Messi ikki yillik faoliyatidan keyin PSJdan AQShning “Inter Mayami” jamoasiga o‘tib ketdi.
Neymar hali shartnomasi bo‘lishiga qaramay, matbuot va muxlislar bosimi ta’sirida Parijni tark etdi. Uni Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi transfer qildi va katta maosh berib, xursand qilyapti.



Fikrlar