
PSJ Mbappeni dahshatli summaga sotadigan bo‘ldi
PSJ rahbariyati jahon chempionatida porlagan Kilian Mbappeni boshqa klubga qo‘yib yuborishga tayyor.
Parijliklar qaysi klub 23 yoshli hujumchi uchun 300-350 million evro atrofida badal puli to‘lasa, Mbappeni o‘sha jamoaga transfer qilmoqchi, deb xabar tarqatdi The Telegraph.
Mbappening poytaxt klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Shunga qaramay, futbolchini boshqa klubga o‘tish istagini bildirsa, PSJ raahbariyati uni yuqoridagi summani to‘lash majburiyatini oladigan jamoaga qo‘yib yuboradi.
Mbappe Qatardagi jahon chempionatida jami sakkizta to‘p kiritib, musobaqa to‘purarlari bahsida g‘olib chiqdi. Shu gollaridan uchtasini finalda Argentina darvozasiga joyladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, "Real" prezidenti Florentino Peres Mbappening jahon chempionatidagi o‘yinidan hayratga tushgan va frantsiyalik hujumchini olish yo‘llarini qidirmoqda.
Fikrlar