
PSJ Mbappe masalasida “Real”ga zarba bermoqchi
PSJ rahbariyati Kilian Mbappe masalasida “Real” ustidan FIFAga arz qilish bo‘yicha ish boshladi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, madridliklar ancha oldin Kilian Mbappe bilan futbolchi kelasi yili erkin agent sifatida “Real”ga o‘tishini kelishib qo‘ygan va buning uchun futbolchi 160 million evro olishi belgilangan.
Qoidaga ko‘ra, bir jamoa boshqa klub rahbariyati ruxsatisiz faqatgina shartnoma yakunlanishiga olti oy qolganida muzokara o‘tkazishiga ruxsat etiladi. PSJ mutasaddilari madridliklar bu qoidani qo‘pol tarzda buzganini iddao qilmoqda va FIFAga shikoyat qilmoqchi.
Ayni paytda Mbappe PSJ talabiga qarshi, klub bilan shartnomani uzaytirmayapti. Bundan tashqari, Angliya va arab klublaridan bo‘layotgan takliflarni rad etib kelmoqda.
Fikrlar