PSJ Luis Enrike talabiga ko‘ra mashhur yulduz bilan muzokarani to‘xtatdi

  • 10 dekabr, 2024, 09:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik darvozabon Janluiji Donnarummaning “Pari Sen-Jermen”dagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.

Tecno

Parijliklar shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydigan golkiper bilan yangi bitim bo‘yicha muzokara olib borayotgan edi. Biroq bosh murabbiy Luis Enrike qaroriga ko‘ra, bu harakatlar to‘xtadi.

So‘nggi yillarda darvozani hech kimga bermay kelayotgan italiyalik posbon jamoaga Matvey Safonov olib kelinganidan keyin raqobatga bardosh bera olmayapti. Donnarumma ichki chempionatda barqaror o‘yin ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, Evropa Chempionlar ligasidagi harakatlariga murabbiylar shtabining e’tirozi ko‘payib ketdi.

Luis Enrike darvozabonlardan oyoqda puxta o‘ynashni talab qilyapti. Bu borada Donnarumma Safonovga raqobat ko‘rsata olmayapti.

Shundan kelib chiqib va italiyalik futbolchi maoshini oshirishni talab qilayotganini inobatga olib, PSJ mutasaddilari Donnarummadan voz kechish masalasini muhokama qilmoqda. PSJ kelasi yoz Janluijini sotib yuborish orqali byudjetga tushum qilish va maoshlar fondini engillashtirishni ko‘zlayapti.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!