
PSJ ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi
Frantsiya chempionati 8-turidan o‘rin olgan PSJ - "Monpele" o‘yini yakuniga etdi. Mazkur bahsda Pochettino shogirdlari ishonchli tarzda g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida Geye hisobni ochgan bo‘lsa, asosiy vaqt tugashiga biroz vaqt qolganda Draksler jamoasining ikkinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
Navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritgan parijliklar ayni damda 22 ochko to‘plab, peshqadam bo‘lib turibdi. "Monpele"da ayni damda 9 ochko bor va ular 11-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar