
PSJ himoyachisiga "Real"dan chaqiruv bor
Madridning "Real" klubi o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal o‘rniga yangi himoyachi qidirmoqda. "Todofichajes" nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi"ning qiziqishlari doirasiga jamoaning sobiq futbolchisi, hozirda Frantsiyaning PSJ klubida to‘p surayotgan Ashraf Hakimi tushib qolgan.
Parij grandi Ashrafning transferi bo‘yicha muzokaralar jarayoniga tayyor. Liga 1 chempioni marokashlik himoyachiga 65 million evro taklif qilinsa, uni qo‘yib yuboradi. Hakimining PSJ bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.
Frantsiya chempionatining joriy mavsumida Hakimi beshta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar