
PSJ futbolchisi 1,5 yillik golsiz seriyasiga barham berdi
Xabaringiz bor bugun Ispaniya La Ligasining 27-turida “Selta” o‘z maydonida “Betis”ni qabul qildi va 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona golni Xese Rodriges kiritdi.
E’tiborlisi, Xese shu tariqa 586 kundan buyon davom etib kelayotgan golsiz seriyasiga barham berdi. U so‘nggi bor 2017 yilning avgustida "Stok Siti" safida "Arsenal" darvozasini ishg‘ol etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Xese huquqiy jihatdan PSJ futbolchisi hisoblanadi. “Betis” esa uni o‘tgan yoz ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olgan edi.
Fikrlar