
PSJ Frantsiya chempionatida rekord o‘rnatdi
"Pari Sen-Jermen" Frantsiya chempionatining 10-turida "Renn" klubini 3:0 hisobida g‘alaba engdi.
Parijliklar tarixda ilk bor chempionatda qatorasiga 5 ta o‘yinda raqib darvozasiga 3 ta va undan ko‘p gol urdi. PSJ bundan oldin "Nant" (3:0), "Dijon" (4:0), "Anje" (6:1) va "Nim" (4:0) klublarini mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Tomas Tuxel jamoasi 10 ta turdan so‘ng, Liga 1 musobaqa jadvalida 24 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar