
PSJ etakchisi "Bavariya" qarshi maydonga tushmaydi
PSJ Chempionlar Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan "Bavariya"ga qarshi uchrashuvdan oldin jiddiy muammoga duch keldi. Jamoa etakchisi Markinos muhim o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Parijliklar sardori birinchi bellashuvda jarohat olib, maydonni tark etgandi. Shu tariqa, u Frantsiya chempionati 32-turidan o‘rin olgan "Strasburg"ga qarshi bahsda ham maydonga tusha olmadi. 26 yoshli futbolchi jamoasining bugungi mashg‘ulotlarini ham o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan.
Markinosdan tashqari, yarim himoyachi Marko Verratti, Mauro Ikardi, Leven Kyurzava hamda himoyachi Alessandro Florentsi ham "Bavariya"ga qarshi uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi. Shunga qaramay, dastlabki o‘yinda ishtirok eta olmagan Leandro Paredes javob bellashuvigacha safga qaytadi.
Ma’lumot uchun, PSJ - "Bavariya" uchrashuvi 13-dan 14 aprelga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi. Dastlabki bellashuvda parijliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar