
PSJ Donnarummadan norozi
PSJ rahbariyati Janluiji Donnarumma bilan yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha muzokara jarayonini to‘xtatdi. Bu haqda Fabris Xokins xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, frantsuz grandi italiyalik posbonning joriy mavsumdagi o‘yinidan norozi. Klub rahbarlari fikricha, Donnarummaning hozir ko‘rsatayotgan futbol darajasi uning yuqori maoshiga mos kelmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Janluiji 2021 yildan beri Parij jamoasida o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda 25 yoshli darvozabon 12 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol o‘tkazib yubordi va ikki bahsda darvozasi daxlsizligi saqlab qoldi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar