
PSJ bilan shartnomasi bekor qilingan Xese Ispaniyaga qaytdi
PSJning sobiq hujumchisi Xese Rodriges “Las-Palmas” bilan shartnoma imzoladi.
Ispan klubi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 27 futbolchi bilan joriy mavsum oxirigacha bitim tuzilgan. Xese “Las-Palmas”da 9-raqamda to‘p suradi.
Xese joriy mavsum Frantsiya chempionatida bor yo‘g‘i 2 ta o‘yinda ishtirok etdi xolos. Shu sababli, PSJ u bilan o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qildi.
“Las-Palmas” 23 turdan so‘ng, Segundada 10-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar