PSJ "Benfika" hujumchisi uchun 90 million evro to‘lashga tayyor

  • 18 iyun, 2023, 15:12
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi va Lissabonning "Benfika" klubi hujumchisi Gonsalu Ramush faoliyatini Evropa top-5 chempionatida davom ettirishi mumkin. Insayder Ekrem Konurning yozishicha, hujumchi xizmatlariga Frantsiyaning PSJ klubi qiziqmoqda.

Tecno

Parijliklar yozda futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar olib borish niyatida. Gonsaluning transferi uchun Liga 1 chempioni rahbariyati 90 million evro to‘lashga tayyor. 

20 iyunda 22 yoshga to‘ladigan Ramush Portugaliya chempionatining so‘nggi mavsumida 30 ta bahs o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!