PSJ "Barselona" himoyachisini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi

  • 4 noyabr, 2024, 17:45
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ "Barselona" himoyachisi Jyul Kundega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Deadlinedaylive" nashri xabar berdi.

Tecno

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Parij klubi frantsiyalik futbolchining transferi uchun 100 million evro to‘lashga tayyor. Klub himoyachini o‘zining sevimli pozitsiyasi hisoblangan himoya markazida harakat qilishiga ishonmoqda.

Himoyachi hozirda himoya chizig‘ining o‘ng qanotida harakat qilmoqda va bu pozitsiyadagi eng yaxshi himoyachilardan biriga aylanib ulgurdi.

Ma’lumot uchun, futbolchining Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra himoyachi 55 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!