
Promouter Bahodir Jalolov bilan bog‘liq rejalarni oshkor qildi, u top 10 bokschiga qarshi jang qilishi mumkin
Promouteri Lou DiBella professional bokschimiz Bahodir Jalolov (12-0, 12KO) may yoki iyun oyida ringga qaytishini ma’lum qildi.
Jalolov 2022 yilda Kamil Sokolovskiy, Jek Mulovayi, Kyortis Harper kabi bokschilar bilan jang o‘tkazib, barchasini muddatidan oldin mag‘lub etdi.
DiBella esa 2023 yilda bokschimiz uchun jiddiyroq janglar tashkil qilib berishni reja qilgan.
"Men Jalolovni may yoki iyun oylarida top 10 bokschilariga qarshi jang o‘tkazishini xohlayman. Ushbu yilda uni bir qancha janglar bilan ko‘tarilishi istagidaman",-deydi Lou DiBella Secondsout media kanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar