
Professional muaytaychilarimiz Turkiyada jang qiladi
14 avgust kuni Turkiyaning Bodrum shahrida mahalliy “Pitbull” promousheni tomonidan professional muaytay bo‘yicha nufuzli jang kechasi tashkil qilinadi.
Mazkur kechada bir qator o‘zbekistonlik muaytay ustalari ham jang qiladi. Jumladan, Bobur Tagiev ispaniyalik Aleks Fernandesga qarshi jang qilsa, Naimjon To‘xtaboev serbiyalik Milosh Yankovich bilan bahs yuritadi.
Shuningdek, yana bir vakilimiz Mavlud Tifiev turkiyalik Kubilay Tarxanga qarshi jang qilishi ko‘zda tutilmoqda.
Shu o‘rinda mazkur yurtdoshlarimizga oldinda turgan muhim janglarda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar