
Professional boksda IBF reytingi yangilandi. Hamyurtlarimiz egallab turgan o‘rni bilan tanishing (foto)
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri bo‘lgan IBF sentyabr oyi yakuni uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Mazkur yo‘nalishda bir nechta o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham o‘rin olgan.
Yarim o‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) IBF jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar hisoblangan Qudratillo Abduqahhorov 1-o‘rinda reytingni boshqarib kelmoqda.
Super engil vazn toifasida (-63,5 kg) Shohjahon Ergashev 4, Shahram G‘iyosov esa 10-o‘rindan joy olgan.
Birinchi yarim engil vaznda (-55,3 kg) mazkur yo‘nalish jahon chempionlik kamari egasi Murodjon Ahmadaliev reyting yuqorisida chempion pozitsiyasida ko‘rsatilgan.
Boshqa hamyurtlarimiz reytingdan o‘rin olmagan.


Fikrlar