
Pro-liga. "Turon" kichik hisobda g‘alaba qozonib, peshqadamga aylanib oldi
Pro-liga 7-turidan o‘rin olgan "Yangier" - "Turon" uchrashuvi yakunlandi. Unda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 23-daqiqada Mirzohid Mirzamahmudov nomiga qayd etildi. Mezbonlar maydonni golsiz tark etadigan bo‘ldi.
Shu tariqa, "Turon" ochkolari sonini 15 taga etkazib, 1-o‘ringa chiqib oldi. "Yangier" hisobida 6 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 7-pog‘onani band etgan.
Fikrlar