
Pro liga. "Qo‘qon-1912" yangi mavsumning birinchi yarmini Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘tkazadi
“Qo‘qon-1912” jamoasi yangi mavsumning birinchi yarmini Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq, "Qo‘qon-1912" uy o‘yinlarini vaqtincha Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida o‘tkazib turishi haqida xabar bergan edik. Biroq Yaypandagi stadion yangi mavsumga tayyor bo‘lmaganligi sababli klub vaqtinchalik uy uchrashuvlarini Farg‘onadagi muhtasham “Istiqlol” arenasida o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu borada qo‘qonliklar “Istiqlol” stadioni rahbariyati bilan shartnoma imzoladi.
Xabaringiz bor, Qo‘qondagi “Markaziy” stadion maydoni to‘liq rekonstruktsiya qilinib, maydonga yangi chim ekish ishlari olib borilmoqda. Jamoa rahbariyati qo‘qonlik muxlislarning Farg‘onaga borib kelishlari uchun alohida avtobuslar yo‘lga qo‘yishni reja qilgan.
Eslatib o‘tamiz, "Qo‘qon-1912"ning Pro ligadagi ilk uy uchrashuvi 19 mart kuni "Buxoro"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar