
Pro liga. "Navbahor-Farm" super kambek qayd etdi, "Lokomotiv" Bikmaevning yagona goli evaziga zafar quchdi
O‘zbekiston Pro ligasi 19-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv yakuniga etdi.
Dastlabki bahsda "Navbahor-Farm" 0:2 hisobida "Yunired"ga yutqaza turib, g‘alaba qozonib ketdi. Yana bir o‘yinda esa "Lokomotiv" "Sho‘rtan"dan ustun keldi. Bellashuv taqdirini hal qilgan gol 86-daqiqada Marat Bikmaev tomonidan kiritildi.
Quyida ushbu o‘yinlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Fikrlar