
Pro-liga. "Mash’al" - "Qo‘qon-1912": O‘zaro uchrashuvlarda ustunlik kim tomonda?
Ertaga "Qo‘qon-1912" jamoasi Pro liga-2024 mavsumining ilk turida maydonga tushadi. Raqib - Muborakning "Mash’al" jamoasi bo‘ladi. Jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 19-marta to‘qnash kelishgan. "Mash’al" o‘yinlarning 7 tasida zafar quchgan, 8 ta bahsda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. 4 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 27-23, "Mash’al" foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda "Mash’al" 25 ochkoni qo‘lga kiritgan. "Qo‘qon-1912" ochkosi 28 tani tashkil etadi.
Jamoalar o‘tgan mavsum chempionat bahslarida o‘zaro uch martta to‘qnash kelishgan va barcha uchrashuvda vodiyliklar g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, "Mash’al" - "Qo‘qon-1912" o‘rtasidagi uchrashuv ertaga soat 18:00 da start oladi.
Fikrlar