
Pro-liga klubi bosh murabbiyi bilan xayrlashdi. U klubda bor yo‘g‘i 78 kun ishladi (FOTO)
Pro-liga ishtirokchisi hisoblangan "Yangier" klubi bosh murabbiy Bekzod Qodirqulov bilan ikki tomonlama kelishuv asosida shartnomani bekor qildi.
Ma’lumot uchun, Bekzod Qodirqulov shu yilning 1 fevraldan buyon "Yangier" klubini boshqarib kelayotgan edi. Uning klubdagi faoliyati 78 kun davom etdi.
“Yangier” ortda qolgan 5 ta tur yakunlariga ko‘ra, Pro-liga musobaqa jadvalida 3 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar