
Pro-liga. "Andijon" yana so‘nggi daqiqalarda gol urib, g‘alabani ilib ketdi
Pro-liga 8-turidan o‘rin olgan "Sho‘rtan" - "Andijon" uchrashuvi yakunlandi. Unda mehmonlar 0:1 hisobida zafar quchdi.
Bellashuv taqdirini hal qilgan yagona gol muallifi Shahboz Erkinov bo‘ldi. 90+4-daqiqada urilgan gol vodiy klubiga 3 ochko taqdim etdi.
Mazkur natijadan so‘ng "Andijon" ochkolari sonini 17 taga etkazib, 1-o‘ringa chiqib oldi. "Sho‘rtan" hisobida 8 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 7-pog‘onani band etgan.
Fikrlar