
Prevyu. "Paxtakor" - "Surxon"
Superliga 14-tur kechiktirilgan o‘yinida "Paxtakor" 22 avgust kuni Toshkentda "Surxon"ni qabul qiladi.
Hozirga qadar jamoalar chempionatlar doirasida 35 bahsda to‘qnash kelishgan. Ularning 27 tasida "Paxtakor", 5 tasida "Surxon" zafar quchgan. Uch marta durang natija qayd etilgan. Raqib darvozasini 110 marta ishg‘ol qilgan "Sherlar" 30 to‘p o‘tkazib yuborishgan.
Toshkentdagi 17 to‘qnashuvning 15 tasida "Paxtakor", bittasida "Surxon" g‘alaba qozongan. Bir o‘yinda durang qayd etilgan. "Sherlar" Toshkentda 15 g‘alabadan 11 tasida yirik hisobda zafar quchganlar. O‘z maydonida gol urish borasida ko‘rsatkichlar 69:11 ni tashkil qiladi.
O‘zaro bahslardagi eng yirik natija 2004 yilda kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor" termizliklarni 8:0 hisobida dog‘da qoldirgan. "Surxon"ning Toshkentdagi yagona g‘alabasi 1994 yil qayd etilgan.
"Paxtakor" va "Surxon" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 22 avgust, payshanba kuni soat 19:00 da "Jar" stadionida boshlanadi.
"Paxtakor" matbuot xizmati.
Fikrlar