Prevyu. "Paxtakor" - "Neftchi"

  • 13 sentabr, 08:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 21-turida muxlislar navbatdagi bor o‘zbek klassikosiga guvoh bo‘lishadi.

Tecno

Klub matbuot xizmati o‘zaro o‘yinlar oldidan statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

"Paxtakor" va "Neftchi" jamoalari chempionatlar tarixida 61 o‘yin o‘tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tarafida - 29 g‘alaba, 10 durang va 22 mag‘lubiyat. Raqib darvozasiga 101 to‘p kiritgan "Sherlar" 70 to‘p o‘tkazib yuborishgan.

Toshkentdagi bellashuvlarning 21 tasida "Paxtakor" ustun kelgan bo‘lsa, 6 bahsda farg‘onaliklar g‘alaba qozongan. Uch o‘yin durang bilan tugagan. "Paxtakor" uydagi to‘qnashuvlarda 59 gol urgan holda 17 to‘p o‘tkazib yuborgan. "Paxtakor" 11 bor raqibni yirik natija bilan dog‘da qoldirishga erishgan bo‘lsa, "Neftchi"da bunday g‘alabalar soni uchtani tashkil qiladi.

"Paxtakor"ning eng yirik g‘alabasi 6:0, "Neftchi"da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Do‘rmonov o‘zaro uchrashuvlarda 12 to‘p kiritgan. Shuhrat Maqsudov chempionatda har ikki jamoa tarkibida gol urgan yagona o‘yinchi sanaladi.

"Paxtakor" va "Neftchi" o‘rtasidagi to‘qnashuv 13 sentyabr, shanba kuni "Jar" stadionida soat 19:00 da boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!