Prevyu. "Olimpik" - "Andijon"

  • 23 may, 2024, 15:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” 24 may kuni Toshkentdagi “Jar” stadionida “Olimpik” klubiga qarshi chempionatdagi 9-turini o‘tkazadi. Bo‘lajak uchrashuv oldidan jamoalarning o‘zaro o‘yinlar statistikasiga to‘xtalmoqchimiz.

Tecno

Ta’kidlash joizki, bu klublarning o‘zaro bellashuvlar tarixi boshlanganiga hal ko‘p bo‘lgani yo‘q. Hammasi o‘tgan yildan boshlandi, desak bo‘laveradi. 2023 yilda ilk bor bor to‘qnash kelgan jamoalar o‘sha yilning o‘zida hammasi bo‘lib uch marotaba uchrashishdi. Ikkitasi chempionat doirasida va yana bittasi Kubok musobaqasida.

3 aprel kuni Toshkentdagi “Jar” stadionida dastlabki o‘yin bo‘lib o‘tdi va unda Ildar Mamatkazinning 3-daqiqada boshi bilan kiritgan yagona goli evaziga “Andijon” safardan uch ochko bilan qaytdi. O‘sha oyning 20-sanasida esa jamoalar endi O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichida to‘qnashishdi. Farg‘onada “Andijon” mezbonligidagi bellashuvda darvozalar daxlsiz qoldi – 0:0. 21 avgust kuni esa Superliganing ikkinchi davrasida ular endi Andijonda uchrashishdi. Rubin Xebay va Armin Boshnyakning gollari evaziga “Andijon” raqibini 2:1 hisobida taslim qildi.

Xullas, hozircha ustunlik andijonliklar tomonida. Superligada 2 ta g‘alaba bor va to‘plar nisbati ham 3\1 “Andijon” foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, “Olimpik” – “Andijon” bahsi 24 may kuni, soat 19:30 da boshlanadi.

"Andijon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Naxshamova Muhlisa
23/05/2024 15:10
Hhhhh