
Prevyu. "Andijon" - OKMK
Bugun “Andijon” jamoasi o‘z maydonida Olmaliqning OKMK klubini qabul qiladi.
O‘zaro statistika shuni ko‘rsatmoqdaki, jamoalar milliy chempionatimiz tarixi mobaynida o‘zaro 27 marotaba kuch sinashishgan. “Andijon”ning hisobida 4, OKMKda esa 18 g‘alaba bor. Yana 5 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 33\55 OKMK foydasiga.
Birinchi davrada Olmaliqda o‘tkazilgan uchrashuvda OKMK 4:3 hisobida g‘alaba qozongan. “Andijon” o‘z maydonida ushbu raqibini so‘nggi bor 2011 yilgi mavsumda mag‘lubiyatga uchratgan, o‘shanda 1:0 hisobi kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Andijon” - OKMK bellashuvi bugun soat 19:00 da boshlanadi.
Fikrlar