Premer-liga klubi legionerimizdan yuz o‘girdi

  • 11 avgust, 2022, 17:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak”dagi futbolchimiz Oston O‘runovning faoliyati hamon mavhumligicha qolmoqda. Yaqinda moskvaliklar bir necha futbolchilar, ular orasida o‘zbekistonlik legionerga ham imkoniyat berilmasligini ma’lum qildi.

Tecno

O‘runovga Osiyo va Rossiya jamoalaridan taklif bo‘layotgan edi. Lekin hamyurtimizning maoshi kattalishi transferlarga to‘sqinlik qildi. Xususan, “Navbahor” ham aynan maosh tufayli O‘runovni ortga qaytara olmadi.

6fed4a78e0f79a0e9a2de07c6384eb46

Ayrim manbalar  Oston O‘runov premer-liga vakili “Ximki” jamoasiga o‘tishi uchun maoshining pasaytirilishiga rozi ekani haqida axborot tarqatdi.

Biroq, Moskva viloyati jamoasi bu borada bayonot berib, Oston O‘runov transferidan voz kechganini ma’lum qildi.

O‘runov biz qiziqqan futbolchilar ro‘yxatida bor edi. Keyinchalik biz bu fikrimizdan butunlay qaytdik. Endi O‘runov bizga kerakli o‘yinchilar ro‘yxatida yo‘q, - dedi “Ximki” klubi kuzatuv kengashi a’zosi Roman Tyurishkov.

21 yoshli futbolchimizning “Spartak” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi. Ayni paytda hamyurtimiz faoliyatini qaerda davom ettirishi mavhumligicha qolmoqda.

Oston O‘runov “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Lekin professional o‘yinchi sifatida “Navbahor”da  shakllangan. Keyinchalik uni Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Maydon markazida bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan iste’dodli futbolchimiz 2020 yilning boshidan legioner maqomiga ega. Oston Rossiya premer-ligasida “Spartak” va “Ufa” jamoalari sharafini himoya qilgan.

Oston O‘zbekiston va Rossiya klublari miqyosida turli musobaqalarda jami 111 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini besh marta ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga beshta golli pas bergan.

O‘runov O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod o‘yinchilardan hisoblanadi. U mamlakatimiz bosh jamoasidagi debyutini 2019 yili 2 iyunda nishonlagan. Qisqa tanaffusdan keyin bosh murabbiy Srechko Katanets mahoratli yarim himoyachini yana milliy terma jamoaga qaytardi.

Hozircha, Oston O‘runov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida jami ettita uchrashuvda harakat qilib, o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘ydi.

41301acf-8671-4ad4-aebf-8037f28f7b25_3

“Spartak” ro‘yxatida turgan o‘yinchimizning transfer narxi sezilarli darajada pasayib, bugungi kunda 700 ming evroni tashkil qilmoqda.

Legionerimizga Shomurodovning yo‘lini bersin!

Shomurodovga hech qachon xaridor bo‘lmaganmiz!

“Roma” Shomurodov uchun so‘rayotgan yangi narx “Bolonya”ni jumbushga keltirdi!

“Roma”ning bu o‘yinchisi Shomurodovni chiqishtirmayapti!

Bizda ham ayb bor. Shahboz Umarovni boshqacha jazolash kerak edi!

Shomurodov Rossiyaga qaytadimi?

“Roma”: Shomurodov superto‘purar yo‘lini to‘sib turibdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!