
Poytaxtimizda engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda
Engil atletika federatsiyasiga qarashli asosiy maydonda o‘tkazilayotgan musobaqada bosqon, disk va yadro uloqtirish kabi texnik yo‘nalishlar bo‘yicha kuchlilar saralanmoqda. Ushbu O‘zbekiston chempionati kattalar, U-19, U-17 va U-15 yosh toifalarida bo‘lib o‘tyapti. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Ayni paytga kelib, disk uloqtirish bo‘yicha barcha natijalar ma’lum:
Kattalar
1. Rashid Sodiqov (Farg‘ona) – 44.32 metr
1. Shahrizoda Yusufova (Toshkent) – 42.02
U-19
1. Rashid Sodiqov (Farg‘ona) – 49.00
1. Mavluda Umarova (Farg‘ona) – 41.11
U-17
1. Yahyo Turg‘unov (Farg‘ona) – 44.79
1. Shahrizoda Yusufova (Toshkent) – 41.64
U-15
1. Mashrab Yo‘lchiboev (Farg‘ona) – 48.89
1. Dilafruz Parpieva (Sirdaryo) – 32.10
Bugun turli yoshdagi bosqon uloqtiruvchi atletlar o‘z mahoratlarini namoyish etishadi.
Fikrlar