Poytaxtda "V International Tashkent Marathon" va hududlarda "Yangi nafas" ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi

BEPUL PROPAN

Bugun poytaxtimizdagi "Humo Arena" ko‘p tarmoqli sport majmuasi oldida an’anaviy "V International Tashkent Marathon" start oldi. Nufuzli xalqaro sport musobaqasida ishtirok etish maqsadida Toshkentga 34 ta davlatdan sportchilar tashrif buyurdi. Professional sportchilar va yugurish sportining havaskorlari 3, 10, 21 va 42 km masofalarda o‘z kuchlarini sinab ko‘rishdi.

Marafonni tashkil etishda Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahri hokimiyati va O‘zbekiston Engil atletika federatsiyasi ishtirok etdi.

Marafonni ocharkan, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, bugungi ob-havo sharotiga qaramay, International Tashkent Marathon katta "sport oilasining" qismi bo‘lgan 5 mingga yaqin ishtirokchi to‘planganini ta’kidlab o‘tdi. 

Ta’kidlash kerakki, "V International Tashkent Marathon" Butunjahon Engil atletika federatsiyasi taqvimiga kiritilgan bo‘lib, Markaziy Osiyodagi eng ahamiyatli xalqaro sport musobaqalaridan biri hisoblanadi. E’tiborlisi, bu yilgi marafon doirasida professional sportchilar uchun 2024 yil Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga litsenziyalar ham o‘ynaldi.

Hattoki murakkab ob-havo sharoitlari ham Shohruh Davlatovga yarim marafon masofasida O‘zbekiston Milliy rekordini o‘rnatishga halaqit qilmadi. 1:03:38 vaqtini namoyish qilgan holda, u 2012 yil aprel oyida Dushanbe shahridagi yarim marafonda  o‘rnatilgan, Andrey Petrovga tegishli bo‘lgan avvalgi rekordga nisbatan 49 soniyaga tezroq yugurib o‘tdi. Shohruhning natijasi shuningdek, "V International Tashkent Marathon" musobaqasining yangi rekordi bo‘lib hisoblanadi, avvalgisi qozog‘istonlik sportchi Nursultan Keneshbekovga tegishli bo‘lib, 1:04:31 natijani tashkil qiladi.

Beshinchi yubiley marafonda, fuqaroligidan qat’i nazar, barcha istaganlar ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi. Alohida e’tibor "V International Tashkent Marathon" musobaqasida nogironligi bo‘lgan yuguruvchilarning xavfsiz ishtirok etishini ta’minlashga qaratildi. Shuningdek, temir daftarga kiritilgan qizlar va ayollar uchun marafonda ishtirok etish uchun bepul kvotalar taqdim etildi.

Marafonga start berilishi arafasida Toshkentga Butunjahon Engil atletika federatsiyasi texnik delegati Yukio Saki va Xalqaro engil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasining “A” toifasidagi trassaning rasmiy o‘lcham oluvchisi Ilya Mixaylovskiy tashrif buyurdi. "V International Tashkent Marathon" yugurish trassasi Xalqaro marafonlar va yugurishlar assotsiatsiyasi tomonidan sertifikatlangan bo‘lib, qat’iy reglamentga muvofiq holda o‘tmoqda. Texnik mutaxassislar marafonga tayyorgarlik ko‘rishning asosiy bosqichlari bilan tanishib chiqdi, musobaqalarga jalb qilingan hakamlar va murabbiylar bilan suhbat qilishdi, hamda trassaning sifati va xavfsizligini tekshirishdi.

Shuningdek, xalqaro musobaqalarni tashkillashtirish bo‘yicha tajriba almashish, shuningdek, ishtirok etuvchi sportchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, marafonga Markaziy Osiyo mamlakatlari Engil atletika federatsiyasining vakillar delegatsiyalari tashrif buyurdi.

Tashkilotchilar ta’kidlaganidek, eco-friendly printsiplariga amal qilish bu kabi keng ko‘lamli tadbirga tayyorgarlik ko‘rishda eng muhim masalalardan biriga aylandi. Shunday qilib, masalan, ishtirokchilarning formasi ikkilamchi xomashyo asosida ishlab chiqilgan, “O‘zbekneftgaz” AJ esa shahar muhitiga qo‘shimcha ta’sir ko‘rsatilishini kamaytirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi va tashkiliy qo‘mitaga BYD test elektromobillari taqdim etildi.

"V International Tashkent Marathon" umumiy mukofot fondi  259 mln 720 ming so‘mni tashkil qildi. 42 km masofada birinchi o‘rinni egallagan g‘olib uchun  30 mln so‘m ajratilgan (II o‘rin uchun – 20 mln so‘m, III o‘rin uchun -  15 mln so‘m, IV o‘rin uchun – 10 mln so‘m, V o‘rin uchun – 8 mln so‘m, VI o‘rin uchun – 5 mln so‘m).

Yarim marafon ishtirokchilari uchun quyidagi pul mukofotlari ko‘zda tutilgan: I o‘rin uchun – 20 mln so‘m, II o‘rin uchun – 15 mln so‘m, III o‘rin uchun -  12 mln so‘m, IV o‘rin uchun – 8 mln so‘m, V o‘rin uchun – 6 mln so‘m, VI o‘rin uchun – 4 mln so‘m. 10 km masofaga ommaviy yugurish g‘oliblari I o‘rin uchun – 6 mln so‘m, II o‘rin uchun -  4 mln so‘m, III o‘rin uchun – 2 mln so‘m qo‘lga kiritdi. 3 km masofaga yugurish g‘oliblariga qimmatbaho sovrinlar topshirildi.

E’lon qilingan Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili doirasida asosiy vazifalarni amalga oshirish maqsadida, shu kunning o‘zida, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Nurafshon, Navoiy, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Urganch, Nukus, Toshkent, Buxoro va Qarshi shaharlarining markaziy ko‘chalari bo‘ylab, V International Tashkent Marathon doirasida, 3 km masofaga ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi. Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi so‘nggi yillarda aholi orasida katta mashhurlik qozonib, Engil atletika federatsiyasi tomonidan o‘tkizilayotgan, jamoatchilik salomatligini rivojlantirish va ommaviy sportni ommalashtirishga qaratilgan ilk ijtimoiy loyihalardan biriga aylandi.

Yangi Nafas sport harakatining “Bir vatanda, bir startda, bir masofaga, bir maqsadda” yagona shiori ostida,  butun mamlakat bo‘ylab 75 mingga yaqin ishtirokchi masofada birlashdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, ommaviy yugurish musobaqasiga shuningdek, davlatimizning 57 ta oliygohidan 25 mingdan ortiq talabalar qo‘shildi.

Marafon arafasida, “Paxtakor” stadionida skandinavcha yurish bo‘yicha musobaqalar va Kids Run ommaviy yugurish musobaqasi tashkil etilib, unda 5 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan 100 dan ziyod bolalar va 90 ta ishtirokchi miqdorida yurish sportining havaskorlari qatnashdi.

"V International Tashkent Marathon" va "Toshkentda Yangi Nafas" ommaviy yugurish musobaqasining g‘oliblari:

 42 km masofaga ayollar orasida:

1.Gulshanoy Sattorova (Qirg‘iziston) – 2:46:30

2.Ekaterina Vasilchenko (Ukraina) – 2:59:28

3.Ekaterina Tunguskova (O‘zbekiston) – 3:00:29

 Erkaklar orasida:

1.Baxtiyor O‘tkirov (O‘zbekiston) – 2:20:13

2.Ilya Tyapkin (Qirg‘iziston) – 2:25:68

3.Islam Amangos (Qozog‘iston) – 2:29:58

21 km masofaga (yarim marafon) ayollar orasida:

1.Aynuska Halil qizi (Qirg‘iziston) – 1:15:47

2.Aziza Mirzakbarova (O‘zbekiston) – 1:21:32

3.Mohinabonu Kamilova (O‘zbekiston) – 1:24:17

Erkaklar orasida:

1.Shohruh Davlatov (O‘zbekiston) – 1:03:38

2.Nodir Mutalipov (O‘zbekiston) – 1:06:50

3.Mixail Kulkov (Rossiya Federatsiyasi) – 1:07:57

10 km masofaga ayollar orasida:

1.Sitora Hamidova (O‘zbekiston) – 39:34:29

2.Shohsanam Hurramova (O‘zbekiston) – 40:46:54

3.Komola Ablaeva (O‘zbekiston) – 42:23:07

Erkaklar orasida:

1.Bekzod Baymatov (O‘zbekiston) – 34:14:00

2.Alisher Ahmatillaev (O‘zbekiston) – 34:30:00

3.Hasan Mirsaatov (O‘zbekiston) –

10 km masofaga ayollar orasida:

1.Anastasiya Silchinkova (O‘zbekiston) - 0:10:27

2.Guzal Mahamatovalieva (O‘zbekiston) - 0:10:39

3.Oyzira Jo‘raqulova (O‘zbekiston) - 0:10:43

3 km masofaga erkaklar orasida:

1.Diyorbek Ahmedov (O‘zbekiston) – 0:09:16

2.Eldor Batyrov (O‘zbekiston) - 0:09:17

3.Jahongir Rahmatullaev (Uzbekistan) - 0:09:33

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!