
Portugaliyalik himoyachi Turkiyaning grand klubiga yo‘l olmoqda
Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Nelson Semedu faoliyatini Turkiyada davom ettiradi. Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, 31 yoshli futbolchi "Fenerbaxche" bilan shartnoma imzolash uchun Istanbulga yo‘l olgan.
Shuningdek, yaqin kunlarda Turkiya klubi safini Milan Shkrinyar bilan ham to‘ldirishi kutilayapti. U faqat tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tishi va hujjatlarni imzolashi kerak.
Semedu ilgari "Benfika", "Barselona" va "Vulverxempton" klublarida to‘p surgan. U angliyalik klubni erkin agent sifatida tark etdi. O‘tgan mavsumda u 38 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta golli uzatma berdi va 9 marta sariq kartochka oldi.
Portugaliya terma jamoasi safida himoyachi ikki marta UEFA Millatlar ligasida g‘olib chiqqan va Konfederatsiyalar kubogida bronza medaliga sazovor bo‘lgan. Uning transfer narxi 9 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar