Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronalduning eng katta orzusi nimaligini aytdi
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush hujumchi Krishtianu Ronalduning orzusi haqida gapirib o‘tdi.
“Ishonchim komil, Ronaldu hali ham juda g‘ayratli. U Portugaliya libosida maydonga tushganida, bor e’tiborini o‘yinga qaratadi. U terma jamoaga kelganida shaxsiy maqsadlarini unutadi va faqat jamoaviy maqsadlar haqida o‘ylaydi. Bilaman, uning eng katta orzusi jahon chempionatida g‘olib chiqishdir”, - dedi Santush.
36 yoshli Ronaldu Portugaliya terma jamoasida jami 170 ta o‘yinda maydonga tushgan va 102 ta gol muallifiga aylangan.



Fikrlar