
Portugaliya bosh murabbiyi Ronalduni kuchli uchlikka kiritmadi
Portugaliya bosh murabbiyi Fernandu Santush FIFA versiyasiga ko‘ra o‘tkazilgan "Yilning eng yaxshi futbolchisi" nominatsiyasida terma jamoa sardori Krishtianu Ronalduni kuchli uchlikka kiritmadi.
U birinchi o‘ringa Kante, ikkinchi o‘ringa Jorjino va uchinchi o‘ringa Levandovskini munosib ko‘rgan.
Ma’lumot o‘rnida, Krishtianu Ronaldu umumiy ro‘yxatda 7-o‘rinni egallagan.
Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi nominatsiya bo‘yicha Robert Levandovski g‘olib deb topildi.
Fikrlar