"Portu" Kasilyasga o‘rinbosar topdi

  • 16 iyul, 2019, 13:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi darvozaboni Kevin Trapp faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda L'Equipe nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Germaniya terma jamoasi posbonini "Portu" klubi o‘z safida ko‘rmoqchi. Ular Trappni faoliyatini yakunlagan Iker Kasilyasga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda. Buning uchun ular parijliklarga 5 mln evro atrofida mablag‘ taklif qilishga tayyor.

Ma’lumot  uchun, Trapp o‘tgan mavsumni “Ayntraxt” safida ijarada o‘tkazdi va 45ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 61ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!