Polvonlarimiz Hindistonda 10 ta medalni qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida polvonlarimiz ikkitadan oltin va kumush hamda oltita bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Chempionatning yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarda Elmurat Tasmuradov oltin, Jasurbek Ortiqboev va Mahmud Baxshulloev kumush, Islomjon Bahromov, Jalgasbay Berdimuratov hamda Muhammadali Shamsiddinov bronza medali bilan taqdirlandi.

Erkin kurash bellashuvlarida Ilyas Bekbulatov 70 kilogrammgacha vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Isa Shapiev o‘z vaznida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ayollar kurashida gilamga chiqqan Dauletbike Yaxshimuratova hamda Aktenge Keunimjaeva shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!