Pol Skoulz: MYu murabbiysiz o‘ynayotgan jamoaga o‘xshaydi

  • 30 sentabr, 2024, 23:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz "Tottenxem" bilan muvaffaqiyatsiz o‘yindan so‘ng “qizil iblislar”ni tanqid qildi.

“Ularning qanday o‘yin ko‘rsatishi, qarshi hujum yoki himoyada o‘ynashi, to‘pga egalik qilish yoki pressing qilishi bo‘yicha aniq maqsad yo‘q. Ularda hech qanday reja yo‘q. Ular huddi murabbiysiz o‘ynayotgan jamoaga o‘xshaydi. Bu ikki yildan sal ko‘proq vaqtdan beri davom etmoqda...", - dedi sobiq futbolchi Supersport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” APLning 6-turida o‘z maydonida “Tottenxem”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jamoa hozirda 7 ochko bilan musobaqa jadvalida 12-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!