Pogba yana safdan chiqdi

  • 13 mart, 2023, 18:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" futbolchisi Pol Pogba yana jarohat oldi. Yarim himoyachi A Seriyanig 25-turidan o‘rin olgan "Sampdoriya"ga qarshi bahsda qaydnomaga kiritilmadi. U o‘yin oldidan mushaklarida og‘riq sezgan va safdan chiqdi. "La Gazzeta Dello Sport" nashrining xabar berishicha, frantsuz 1 oy maydonga tusha olmaydi. 

Tecno

Pogba ushbu mavsumning o‘zida 5-marotaba jarohat oldi. U A Seriyada atigi 2 ta o‘yin o‘tkazdi. 29 yoshli futbolchining transferi eng omadsiz xaridlar ro‘yxatida turibdi. 

Ma’lumot uchun, Pogba yotgan yozda MYudan "Yuventus"ga erkin agent sifatida kelgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!