Pogba va Ronaldu yana bir jamoada to‘p surishi mumkin

  • 25 oktabr, 2024, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi “Yuventus” yarim himoyachisi Pol Pogbani sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. TEAMtalk nashri xabariga ko‘ra, klub frantsiyalik futbolchiga foydali taklif bilan chiqishga tayyor.

Tecno

Qayd etish lozimki, JCh-2018 g‘olibini qo‘lga kiritish uchun AQShning “Los-Anjeles” hamda Frantsiyaning “Marsel” klublari ham davogarlik qilmoqda. Ammo hozircha hech bir jamoa Pogba bilan muzokaralarga kirishmagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgust oyida Pogbadan olingan doping-sinamasi ijobiy natija ko‘rsatgan edi. Natijada, 29 fevral kuni antidoping sudi futbolchini 4 yilga diskvalifikatsiya qildi. Shundan so‘ng futbolchi qaror yuzasidan apellyatsiya berdi. 7 oktyabr kuni Sport arbitraj sudi (CAS) frantsiyalik yarim himoyachining diskvalifikatsiya muddatini 18 oyga qisqartirganini e’lon qildi. Shu tariqa, u 2025 yilning mart oyidan boshlab rasmiy o‘yinlarda maydonga tushish huquqiga ega bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!